» » Rossiyalik shifokorlar dunyoda birinchilardan bo‘lib bolaga bir vaqtning o‘zida jigar va o‘pka ko‘chirib o‘tkazdi

Rossiyalik shifokorlar dunyoda birinchilardan bo‘lib bolaga bir vaqtning o‘zida jigar va o‘pka ko‘chirib o‘tkazdi


Shumakov nomidagi Milliy transplantologiya ilmiy markazi shifokorlari to‘qqiz yoshli bolaga bir vaqtning o‘zida jigar va o‘pka ko‘chirib o‘tkazgan, deya xabar beradi “Afisha Daily”.

Bu dunyodagi birinchi operatsiya sanaladi. Transplantatsiya 2-fevral kuni bo‘lib o‘tgan va 16 soat davom etgan. Hozirda bola shifo topgan va kasalxonadan chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Transplantatsiya amalga oshirgan jarrohning so‘zlariga ko‘ra, bunday operatsiyani o‘tkazish uchun juda “kuchli irodaga ega bo‘lish kerak”.

Tibbiy markaz direktori Sergey Gotening qayd etishicha, bolaga bir vaqtning o‘zida uchta organ muvaffaqiyatli tarzda ko‘chirib o‘tkazilgan — ikkita o‘pka va jigar.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiy adabiyotda bu yoshdagi bolalarga uchta organni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha muvaffaqiyatli amaliyotlar amalga oshirilganligi qayd etilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют