» » Qibrayda buzilayotgan uylar: haqiqat kim tomonda?

Qibrayda buzilayotgan uylar: haqiqat kim tomonda?


Toshkent viloyati Qibray tumanida yangi qurilayotgan uylarning buzilayotgani va oqibatda uy egalari jabr ko‘rayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan edi. Mazkur xabarlarda tumanning “Yangi O‘nqo‘rg‘on” mahallasi hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi yer maydonida fuqarolar tomonidan qurilishi boshlangan uylar tuman hokimligi tomonidan buzib tashlangani, bu uylar qonunchilikka mos ravishda qurilgani, barcha hujjatlari mavjudligi qayd etilgan edi. O‘zA jarayonni o‘rgandi.

Xabarda qayd etilishicha, yuqorida qayd etilgan manzildagi uylar haqiqatdan ham buzib tashlanmoqda. Qibray tumani yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, qurilishlar belgilangan tartibga muvofiq emas.

Xususan, tuman qishloq xo‘jaligi xaritasining 328-330 konturida joylashgan yer maydonlari tuman davlat zaxira yerlari tarkibiga kiritilgan bo‘lib, jami 9,78 gektarni tashkil etadi. Bu yer “Turon Zamin Agrofirma”siga tegishli bo‘lib, M.Tojiyeva rahbarligidagi “Turon Sardor Javohir” fermer xo‘jaligiga ijara asosida faoliyat yuritishi uchun berilgan. Keyinchalik ushbu yer tuman zaxirasiga qaytarib olinib, 2019-yilda sabzavotchilik yo‘nalishi bo‘yicha 15 loyiha bo‘yicha tanlovga qo‘yilgan.

Yer monitoringini yuritish, yer qonunining buzilish holatlarini bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishda 0,60 gektar yer maydoni bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingani aniqlangan.

Ushbu yer maydoni bir necha yillar davomida bo‘sh yotib, nega birdan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, degan savol tug‘ilishi tabiiy albatta. Ma’lumki, “2018-yil 20-apreldagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi e’lon qilingan edi.

Farmonga ko‘ra, noqonuniy qurilgan uyga nisbatan mulk huquqini olish uchun imorat joylashgan hududdagi davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimiga ariza bilan murojaat qilish lozim. Yuqoridagi holatda esa bunga amal qilinmagan.

Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi mutaxassislari tomonidan mazkur yer tarixi internet orqali o‘rganilganda, 2019-yil yanvar oyidan boshlab yuqorida qayd etilgan hudud fuqarolar tomonidan egallana boshlangani aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют