» » Surxondaryolik firibgar MIB xodimiga o‘zini hamkasbi sifatida tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘ldi

Surxondaryolik firibgar MIB xodimiga o‘zini hamkasbi sifatida tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘ldi


Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi, vaqtincha hech qayerda ishlamaydigan To‘ra Qiyomov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) o‘zini MIB Termiz tumani bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, ushbu idoraning Muzrabot tumani bo‘limi davlat ijrochisi Sohib Pardayevni chuv tushirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

S.Pardayev ish yurituvidagi mavjud ijro hujjati bo‘yicha T.Qiyomovning yashash uyiga bordi. Xodimni kutib olgan singlisi T.Qiyomovning uyda yo‘qligini aytgach, u bilan telefon orqali so‘zlashadi. Telefonda MIB Termiz tumani bo‘limida ishlayotganini aytgan T.Qiyomov Muzrabot taraflarga borishga vaqti yo‘qligini ma’lum qilib, “hamkasbi”ni Termizga taklif etadi. Shaharga kelib, qo‘ng‘iroq qilsaz, uchrashib, gaplashib olish istagini bildiradi.

S.Pardayev shahar markazidagi Aqlli bekatga kelgach, ro‘parasiga Nexia rusumli yengil mashina kelib to‘xtadi. Old o‘rindiqda T.Qiyomov yashil rangdagi prokuratura formasida savlat to‘kib o‘tirgan edi. Mezbonning taklifi bilan birgalikda “Afrodita” oshxonasiga bordi. Shu yerda u Majburiy ijro byurosida ishlayotganini yana alohida ta’kidlab, ust-boshining changini artgan bo‘ldi.

— Yaqinda unvon oldim, — dedi bamaylixotir. — Rahbarlar bilan yaxshi munosabatdaman. Xizmat ham yomon emas.

Bu gaplarni tinglab o‘tirgan S.Pardayev “uddaburon” suhbatdoshiga yuzlandi:

— Oliy ma’lumotli yaqin tanishim ishga o‘tmoqchi edi.

— Mayli, qurug‘idan sanasa bajaramiz, — T.Qiyomovning chehrasi yanada ochildi.

Shu zahoti u tanishi Vali Suvonovni oshxonaga taklif etdi.

Bo‘lajak xodim bilan yaqindan tanishgach, turli savollar bilan uning bilimi va dunyoqarashini sinab ko‘rgan ham bo‘ldi.

— Ishga kiritishning arzimagan xarajati bor. 6 ming dollar olib kelsangiz, hal qilib beraman, — dedi 33 yoshdagi “prokuror” yigit.

S.Pardayev ham anoyi emas ekan. Huquq-tartibot idoralariga murojaat etib, firibgarga nisbatan tegishli chora ko‘rishni so‘radi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda T.Qiyomovning siri fosh etildi. U Termiz shahridagi kafeda 3300 dollarni sanab olayotganida qo‘lga tushib qoldi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют