» » Putinning qizi deb taxmin qilinadigan Katerina Tixonova nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Uning ilmiy rahbari — MDU rektori

Putinning qizi deb taxmin qilinadigan Katerina Tixonova nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Uning ilmiy rahbari — MDU rektori


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi deb taxmin qilinadigan “Innopraktika” fondi rahbari Katerina Tixonova 24-may kuni fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qiladi, deb xabar bermoqda Meduza. Moskva davlat universiteti (MDU) saytidagi tegishli anonsga “Otkritiye media” e’tibor qaratgan.

Tixonovaning dissertatsiyasi uchuvchi va fazogirlarga favqulodda sharoitlarda makonda yaxshiroq mo‘ljal olish imkonini beruvchi qurilmalarni yaratish mavzusiga bag‘ishlangan.

MDU rektori Viktor Sadovnichiy hamda amaliy mexanika va boshqaruv kafedrasi mudiri Vladimir Aleksandrov Tixonovaning ilmiy rahbarlari bo‘ladi. “Otkritiye media” vakillarining qayd etishicha, Sadovnichiy so‘nggi 10 yilda faqat uch marta dissertatsiya yozilishida ilmiy rahbar bo‘lgan.

“MDU ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, rektor Sadovnichiy hayoti davomida talabalarning diplom ishlari himoyasida faqat bir marta, 2011-yili ilmiy rahbar bo‘lgan, talaba esa Katerina Tixonova edi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют