» » O‘zbekistonda 20 mln dollar evaziga xorijga mehnat muxojirlarini eltadigan avtobuslar xarid qilinadi

O‘zbekistonda 20 mln dollar evaziga xorijga mehnat muxojirlarini eltadigan avtobuslar xarid qilinadi


O‘zbekistonda 19,9 million dollar evaziga avtobuslarning katta turkumini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Davlat rahbarining tegishli qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Hujjatda mazkur xariddan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatdan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish manzillariga xavfsiz yetkazishni ta’minlash ekanligi bildirilgan.

Texnika yetkazib berilishi Xitoy taraqqiyot banki krediti hisobiga moliyalashtiriladi. Ushbu mablag‘ “Uzautotrans Service” kompaniyasiga xalqaro qatnovlarga mo‘ljallangan yo‘lovchi avtobuslarni sotib olish uchun ajratiladi.

Hujjjatda avtobuslar soni va ular qaysi ishlab chiqaruvchidan xarid qilinishiga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют