» » APL. “Chelsi” ochko yo‘qotdi, bugun “Tottenhem” o‘z uyida “Brayton”ni qabul qiladi

APL. “Chelsi” ochko yo‘qotdi, bugun “Tottenhem” o‘z uyida “Brayton”ni qabul qiladi


22-aprel, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 35-turining so‘nggi uchrashuvida Mauritsio Sarri boshliq Londonning “Chelsi” klubi o‘z maydonida “Byornli”ni qabul qildi.

Bellashuvning 8-daqiqasida mehmon jamoa yarim himoyachisi Jeff Hendrik hsiobni ochgan bo‘lsa, 12-daqiqaga kelib “aristokratlar” yarim himoyachisi Ngolo Kante hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 2 daqiqa o‘tib hujumchi Gonsalo Iguain jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 24-daqiqada esa Eshli Barns Kepa Arrisabalaga darvozasini ishg‘ol qildi (2:2). Shu tariqa London klubi “Stemford Brij”da kechgan bahsda “Byornli” bilan durang o‘ynadi.

Shu tariqa London klubi ochkolari sonini 67 ochkoga yetkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bugun, 23-aprel kuni 33-tur doirasida qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda Maurisio Pochettino boshqaruvidagi “Tottenhem” klubi o‘z uyida “Brayton”ni qabul qiladi.

31-turning qoldirilga bahsida esa “Uotford” jamoasi “Sauthempton” bilan o‘ynaydi. Ikkala uchrashuvga ham Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start beriladi.

APL

35-tur bahsi

22-aprel, dushanba

Gollar: 0:1 — 8 Hendrik, 1:1 — 12 Kante, 2:1 — 14 Iguain, 2:2 — 24 Barns

23-aprel, seshanba

31-tur qoldirilgan o‘yin

33-tur qoldirilgan o‘yin

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют