» » Qarshi shahrida o‘t o‘chiruvchilar chempionati bo‘lib o‘tdi

Qarshi shahrida o‘t o‘chiruvchilar chempionati bo‘lib o‘tdi


18–21-aprel kunlari Qarshi shahrida yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha O‘zbekiston “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati chempionati o‘tkazildi. Chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar yong‘in xavfsizligi boshqarmalari hamda obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash boshqarmalari terma jamoalaridan iborat 17 ta jamoa ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, chempionatda terma jamoalar 4x100 metrli yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish hamda yong‘in o‘chirish avtomobili orqali jangovar yoyilish turlari bo‘yicha kuch sinashgan.

4x100 metrli yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi turi bo‘yicha birinchi o‘rinni Qashqadaryo viloyati terma jamoasi qo‘lga kiritgan. 100 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida esa birinchi o‘rin Andijon viloyatiga nasib etgan. Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish turida omad yana Qashqadaryo viloyati vakillariga nasib etgan.

Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan har bir jamoa a’zolari “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati diplomi va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Musobaqada 4 tur bo‘yicha umumjamoa hisobida Qashqadaryo viloyati jamoasi 3-o‘rin, Yong‘in xavfsizligi instituti terma jamoasiga 2-o‘rin va Buxoro viloyati jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют