» » Tojikistonda tug‘ilgan kunini nishonlagan amaldor ishdan olindi

Tojikistonda tug‘ilgan kunini nishonlagan amaldor ishdan olindi


Tojikistondagi Panjikent ma’muriy markazining jamoat rahbari Ahmadullo Ibrohimov tug‘ilgan kunlarni faqat oila davrasida nishonlashga ruxsat beradigan “An’analar, tadbirlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘rsida”gi qonunni buzishda ayblanmoqda, deb xabar berdi “Asia-Plus”.

Ma’lum bo‘lishicha, u 20-mart kuni uyiga ko‘plab mehmonlarni taklif qilib tug‘ilgan kunini nishonlagan. Mehmonlar uchun ikkita — kunduzi va kechki payt banket tashkil qilingan.

Mehmonlar sifatida boshqa mansabdorlar, xususan, harbiy komissarlik, soliq xizmati vakili, Panjikent ma’muriy markazi jamoat kotibi va boshqalar taklif etilgan.

Prokurorning ko‘rsatmasiga ko‘ra, Panjikent hokimi o‘z qaroriga ko‘ra Ahmadullo Ibrohimovni egallab turgan lavozimidan ozod etgan.

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuraturada, shuningdek, banket ishtirokchilarining davlat lavozimlarini egallab turishi masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют