» » Navoiyda pora olgan “pasport stol” boshlig‘iga sud hukmi o‘qildi

Navoiyda pora olgan “pasport stol” boshlig‘iga sud hukmi o‘qildi


Navoiy viloyat Karmana tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan I.Ostonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) pora olishda ayblanib, jazolandi, deya xabar berdi O‘zA.

Ma’lum bo‘lishicha, u fuqarolarni tuman hududida doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga kiritish va ro‘yxatdan chiqarish ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish kabi vakolatlaridan boylik orttirish yo‘lida foydalanishga uringan.

Xususan, o‘z manfaatini ko‘zlab, fuqaro D.Jumayevni tanishi bo‘lgan Karmana tumani “Yoshlik” MFY posboni S.Komilovning uyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish evaziga undan 500 ming so‘m miqdordagi pullarni pora tariqasida talab qilgan.

D.Jumayevga doimiy ro‘yxatga qo‘yish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 4.055 so‘m miqdordagi to‘lovni va shu kungacha hisobda turmasdan yashab kelganligi sababli 101.365 so‘m miqdordagi ma’muriy jarima to‘lovi undirilmasligini, fuqarolik pasportiga oldingi sana bilan ro‘yxatga qo‘yilganligi haqida soxta ma’lumotlar va yozuvlarni kiritib berishni va’da qilgan.

2018-yil 28-dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda D.Jumayevdan kimyoviy ishlov berilgan 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

2019-yilning 23-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi I.Ostonovni JKning 210-moddasi 1-qismi va 209-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topgan va ikki yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilish, shuningdek, 2 yil-u 8 oy 5 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют