» » O‘zbekistonda bir haftada onlayn auksion orqali 2,9 milliard so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘zbekistonda bir haftada onlayn auksion orqali 2,9 milliard so‘mlik avtoraqamlar sotildi


Tovar xomashyo birjasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 15—21-aprel davomida onlayn auksion orqali 728 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,9 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 51 foizi ikkinchi va 29 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Shu bilan birga, birja savdolari hajmi 874,1 milliard so‘mdan 939,2 mlrd so‘mga oshgan. Valyuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2,1 million dollarga teng tovarlar sotilgan.

Eksport bo‘yicha yetakchilikni 93 foiz bilan paxta tolasi egalladi. Eksport bozorining qolgan qismini polietilen (5 foiz) va neft moylari (2 foiz) egallagan.

Mavzuga doir: Davlat xizmatlari agentligi avtoraqamlar berishning soddalashtirilgan taklifi bilan chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют