» » O‘zbekiston Mudofaa vaziri Moskvadagi VIII Xalqaro xavfsizlikka bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Moskvadagi VIII Xalqaro xavfsizlikka bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etmoqda


Kecha, 23-aprel kuni Rossiyada xalqaro xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman o‘z ishini boshladi. Ushbu anjumanda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Anjuman davomida xalqaro xavfsizlik qarashlarini shakllantirishda eng muhim hisoblangan masalalar muhokama qilinadi. Alohida plenar sessiyalar davomida zamonaviy harbiy xavf va tahdidlar, shu jumladan, qurollarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashiladi. Yaqin Sharqdagi, xususan, Suriyadagi vaziyatni har tomonlama barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.

Alohida seksiya majlislaridan Osiyo, Afrika va Lotin Amerika mintaqalarida xavfsizlik masalalari, ular bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish kabi mavzular o‘rin olgan.

Anjuman 25-aprel kuniga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют