» » Ichki ishlar vaziri andijonlik profilaktika inspektorlari va mahalla faollariga mukofot topshirdi

Ichki ishlar vaziri andijonlik profilaktika inspektorlari va mahalla faollariga mukofot topshirdi


Andijon shahri ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tayanch punktlari profilaktika inspektorlari yordamchilariga ruxsatnoma berish, profilaktika inspektorlari va mahalla faollarini taqdirlash maqsadida tantanali marosim o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov ishtirok etgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

2018-yil 24-dekabrda qabul qilingan Prezident qarori asosida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimlari tugatilib, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimlari joriy etildi. Hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari o‘z vaqtida ko‘rilgan hollarda bir vaqtning o‘zida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan a’zolari har oyda ish haqining 100 foizigacha miqdorida pul mukofotlari bilan munosib taqdirlanib kelinmoqda.

— Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi tegishli qarori bilan Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, — deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Sobirov. — Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ichki ishlar organlariga amaliy yordam ko‘rsatishlari uchun mahalla fuqarolar yig‘inlaridan nomzodlar o‘rganilib, tegishli ro‘yxat shakllantirildi. Shu jumladan Andijon shahriga ham 83 nafar profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimlari kiritildi.

Tantanali tadbirda ushbu lavozimlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan tayinlangan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan munosib yoshlar o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishdi.

Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 40 nafar profilaktika inspektori va shahardagi 40 nafar mahalla faoliga rag‘batlantirish mablag‘lari hisobidan 73 million so‘m miqdorida mukofotlar topshirildi.

Ta’kidlash lozimki, ish haqining 100 foizi miqdorida alohida o‘rnak ko‘rsatgan profilaktika inspektorlari Ismoiljon Ortiqov, Mas’udjon Mamadaliyev va NodirbekYakubekovlarning har biri 2,5–3 million so‘mdan, mahalla raislari Dilfuza Jalilova, Azizxon Umarxo‘jayev va Tabassumxon Isroilovalar 1 million so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mukofotlarni ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va viloyat hokimi ShuhratbekAbdurahmonovlar topshirdi.

— Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra hududlarning o‘ziga xos-xususiyatlaridan kelib chiqib, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda viloyatning Andijon shahri va Xo‘jaobod tumanida “Namunali hudud” tajribasini yaratish bo‘yicha ishga kirishildi, — deydi vazir. — Ushbu tajribani yaratish uchun 2 ta ishchi guruh tuzilib, Andijon shahriga vazir o‘rinbosari A.Boboxonov, Xo‘jaobod tumaniga esa O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari E.Tadjiyevlar mas’ul etib tayinlangan. Andijon shahridagi ishchi guruh tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilanib, joriy yilning 13–21-aprel kunlari o‘tkazilgan tadbirlarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

2019-yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha shahardagi 83 ta mahallada jinoyat sodir etilmagan 55 tasi “jinoyatdan xoli”, jinoyatchilik soni kamaygan 16 tasi “kriminogen vaziyat yaxshilangan”, jinoyatchilik barqaror bo‘lgan 7 tasi “kriminogen barqaror” va jinoyatchilik soni oshgan 5 tasi “kriminogen murakkab” hududlarga ajratildi hamda asosiy kuch-vositalar kriminogen murakkab 5 ta va jinoyatchilik o‘zgarmagan 7 ta mahallaga yo‘naltirildi.

Jamoatchilik nazorati maskanlari faoliyati qaytadan ko‘rib chiqilib, xizmatga jalb qilingan “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari a’zolarining soni 83 nafardan 332 nafarga ko‘paytirildi va ularning barchasiga maxsus kiyim-bosh tarqatildi. Shaharning aholi gavjum joylariga 16 ta mobil post, 50 dona tashvish qurilmasini o‘rnatish ishlari boshlandi.

Profilaktika inspektorlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 20 dona kompyuter jamlanmasi hamda dasturiy ta’minot bazalarini o‘rnatishga mo‘ljallangan 108 dona “MI” rusumli telefon apparatlari bilan ta’minlandi.

“Namunali hudud” tajribasi loyihasi doirasida Andijon shahrida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, xodimlarga yetarli sharoit yaratish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan 3 milliard so‘m va Ichki ishlar vazirligi tomonidan 4,2 milliard so‘m miqdorida mablag‘ hamda 8 ta xizmat avtomashinasi ajratildi.

Shahar ichki ishlar bo‘limlari, mahalla va sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turgan huquqbuzarlik sodir etishga moyil shu jumladan 9712 nafar xotin-qizlarning ro‘yxatlari shakllantirilib, ularning muammolarini uyma-uy kirib o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют