» » Bu bolalarning ham baxtli bolishga haqqi bor. Dunyoni ozgartirishga intilayotgan ikki ustozning ibrati va mashaqqati haqida

Bu bolalarning ham baxtli bolishga haqqi bor. Dunyoni ozgartirishga intilayotgan ikki ustozning ibrati va mashaqqati haqida


Xabar.uzda jurnalist Barno Sultonovaning Iqtidor imkoniyati cheklangan bolalarni qollab-quvvatlash markazi haqidagi maqolasi elon qilindi. Quyida maqola toliqligicha etiboringizga havola etiladi.

Biz hunar orgatayotgan 40 nafar nogiron va kam taminlangan oilalarning bolalari hayotda oz orinlarini topishini istayman. Zora, bizning bu amallarimiz orqali tilanchi bolalar safi kamaysa. 23-aprel kuni poytaxtimizdagi Kitob olami dokonida joylashgan GroudZero kovorking bolimida Qoqon shahridan tashrif buyurgan Iqtidor imkoniyati cheklangan bolalarni qollab-quvvatlash markazi ishtirokchilarining sanat asarlari: badiiy gilam, kandahorchilik, rassomlik sanat asarlari taqdimotida Turon fanlar akademiyasi faxriy akademigi markaz rahbari Tursunali Ahmadaliyev sozini ana shunday fikrlar bilan boshladi. Biz hunar orgatgan bolalar bugun oz yollarini topib ketishdi. Xursand qiladigan jihati, ular bir-biri bilan oila qurishdi. Bazan ulardan tugilgan bolalarning soglomligi, zehni otkirligini korib xursand bolamiz. Hazillashib senga boshqa ota olib kelamizmi desangiz, ozimning otam hammadan yaxshi deb javob berishadi.

Korgazmaga qoyilgan 30 dan oshiq sanat asarlarini imkoniyati cheklangan, qoli yoki oyogi yoq bolalar chizganiga, yaratganiga ishongingiz kelmaydi. Ular bugun jamiyatning faol azosiga aylangan. Korgazmalarda qatnashadi, golib boladi, qiyin sharoitga qaramay, oz ustida tinmay ishlaydi. Ammo ularning muammolari boshqa bolalarning muammolaridan ikki hissa koproqdir. Axir aytishadiku, bitta nogiron bolani tarbiyalash, oqitish, besh nafar soglom bolaga oqib orgatish bilan barobar deb.

Ammo Ayubxon Madaminovdek shogirdlar ustozlari yonida kecha-yu kunduz bir safda turib bolalarga hunar orgatmoqda, ogirini yengil qilishga hissa qoshmoqda. Ayubxon 7 yoshida ustozi Tursunali akadan naqqoshlik, yogoch oymakorligi va qandakorlik yonalishlari boyicha hunar sirlarini egallagan. Tom manoda bu yosh yigitcha ikki tashabbuskor insonning qanotiga aylangan.

Markaz haqida bundan 20 yil oldin mana shu maskanni ochish tashabbusi bilan chiqqan 74 yoshli hoji ona Oktamxon Ahmadaliyeva shunday deydi:

Bu bolalar bizga viloyatning turli tumanlaridan kelishadi. Tabiiyki, kam taminlangan oilalarning bolalariga hatto yolkira topilmagan kunlar ham boladi. Badiiy gilam toqish uchun ip, mato va boyoqlar, rasm chizish uchun qogoz, qalam va boshqa yonalishlar uchun ishlatiladigan mahsulotlarga turmush ortogim bilan nafaqamizni ishlatamiz. Bu ishlarimiz uchun bizga hech kim haq tolamaydi. Yaqinda Buyuk kelajak uchun loyihasida golib bolganimizni va mablag ajratilganini hisobga olmaganda hamma xarajatlar oz hisobimizdan. 20 yildan davomida korgan qiyinchiliklarimizni aytsam ado bolmaydi. Hokimiyatga joy sorab murojaat qilganmiz. Ammo vaqtinchalik ajratilgan joyda bir necha marta kochdik. Endi bolalar bilan moslashib ishimizni joy-joyiga qoya boshlaganimizda bizga berilgan xonalar kimgadir kerak bolib qoladi va biz har 3-4 oyda kochishga majbur bolamiz. Ayni paytda markazimiz pedagogika kolleji yotoqxonasining 3-qavatida. Tasavvur qilayapsizlarmi oyogi yoq yoki qoli yoq, imkoniyati cheklangan bolalarning uchinchi qavatga chiqib-tushishini

Ammo shunga qaramay, Tursunali aka hamda Oktamxon aya ozlarining qilayotgan ishlaridan juda xursand. Chunki yigirma yil oldin Oktamxon aya haj safariga borganida, u yerdagi kam taminlangan, nogiron bolalarga korsatilayotgan muruvvatlardan juda hayratlangan edi-da. U yerda xorijliklarning ana shunday imkoniyati cheklangan, nogiron, bechorahol odamlarga korsatilayotgan saxovat hoji onani tolqinlantirib yuboradi: 50 yoshdan oshib mana shunday odamlarga bironta yaxshilik qilmagan ekanman. Yurtimga qaytsam aynan shunday odamlar uchun bepul hunar orgataman, deb konglimga tukkan edim.

Albatta, onaxonning bu tashabbusini rangtasvir yonalishi mutaxassisi bolgan turmush ortogi Tursunali aka qollab-quvatlaydi. Ammo shuncha yildan beri deyarli hech kim ularning ahvoli bilan qiziqmadi. Axir bunday bolalar bilan korgazmalarga borish, sanat asarlarini kotarib yurish ikki fidoiy ustozga oson bolgan deysizmi?!

Hatto ular foydalanishi uchun transport ham ajratilmagan. Ikki qoli yoq, rangtasvir va badiiy gilam yonalishi boyicha saboq oladigan qizaloq Mavluda Abdunazarovaning taqdiri esa hech qaysi insonni befarq qoldirmaydi. Onasi vafot etgan, otasi boshqaga uylangan bu qizaloq amakisinikida yashaydi. Uning mashgulotlarga qatnashiga ham gohida yolkira topilmay qolarkan.

Yana bir tarbiyalanuvchi ikki qoli yoq 26 yoshli Lutfullo Qodirov sportning taekvonda turi boyicha musobaqalarda qatnashib goliblikni qolga kiritibdi. Bunday bolalar uyga ketishi uchun oyogi bilan taksi toxtatishganda haydovchilar nega bizni mazax qilayapsan, deya haqorat qilgan kunlari ham kop bolgan ekan.

Qoqondagi Xudoyorxon saroyiga borganimda mana shu insonlar korgazmaga qoygan sanat asarlari meni oziga maftun etdi va ular bilan yaqinroq tanishishga ahd qildim, deydi tashkilotchilardan biri Aziza Umarova. Men bu yerga nimaga kelganimni ham unutdim. Va ularni Toshkentga taklif qildim. Mana shu yerga yigilganlarga aytmoqchi bolganim, kelinglar, birga ushbu ishlarning yangi egalarini topishga yordamlashaylik. Axir bu ikki ustozning qilayotgan ishi qahramonlik, ular olamni ozgartirishga hissa qoshishmoqda. Agar biz birlashsak, kerak bolsa, mutasaddi rahbarlar, hokimlar qani osha odamlar, mana biz yordam beramiz, deya komakka shoshilishi tabiiy.

Ha, shunday yaxshi insonlar tufayli hali biron marta sotilmagan sanat asarlarining 10 ga yaqiniga shu yerning ozida xaridorlar chiqdi. Bu ular uchun ham ragbat, ham yanada sanat asarlarini koproq yaratishlari uchun yaxshigina mablag hisoblanadi.

Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov esa tadbir yakunida shunday fikrlarni bildirdi: Afsuski Tursunali aka hamda Oktamxon ayaning internet bilan ishlashga imkoniyatlari ham yoq ekan. Biz tezkorlik bilan ularning yaratgan asarlarini internet sahifalarimizga joyladik, qiziquvchilar uchun ulashdik. Va guvohi bolib turibmizki, asarlarni joylagan zahotimiz qiziquvchilar biz bilan boglana boshladi. Bizning vazifamiz ular bilan onlayn muloqotni yolga qoyish. Mana shu yol orqali homiylar topish. Ikki insonning shogirdlari ishlarini yuzaga chiqarish bolishi kerak.

Biz ham Iqtidor imkoniyati cheklangan bolalarni qollab-quvatlash markazining barcha muammolari barham topishiga, kelajakda ularga homiylik qiladigan, mehnatlarini yuzaga chiqarishga komaklashadigan yaxshi insonlarning safi kengayishiga ishonamiz.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-04-2019, 12:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -