» » Bahodir Jalolov suriyalik bokschini qiyinchiliksiz mag‘lub etdi

Bahodir Jalolov suriyalik bokschini qiyinchiliksiz mag‘lub etdi


25-aprel, payshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati yarim finali doirasida o‘zbekistonlik so‘nggi bokschining (erkaklar) jangi ham nihoyasiga yetdi.

+91 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov yarim final jangida suriyalik Muhammad Mulayesga qarshi ringga chiqdi. Bahodir jangda katta ustunlikka ega bo‘lib, ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etib, final yo‘llanmasini o‘ziniki qildi.

Shu tariqa Osiyo chempionati finaliga chiqqan o‘zbekistonlik bokschilar soni 5 nafarga yetdi.

Avvalroq erkaklar o‘rtasida Nodirjon Mirzaahmedov, Miraziz Mirzahalilov, Sanjar Tursunov hamda Bobousmon Boturov yarim final janglarida raqiblarini mag‘lub etib, finalga chiqqan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют