» » Xorazmda Yosh qutqaruvchi musobaqasining viloyat bosqichi bolib otdi (foto)

Xorazmda Yosh qutqaruvchi musobaqasining viloyat bosqichi bolib otdi (foto)


Joriy yilning 23-aprel kuni Urganch shahrida joylashgan Yoshlik majmuasida viloyatdagi umumiy orta talim maktablari va kasb-hunar kollejlarida tuzilgan Yosh qutqaruvchi kongillilar klublari ortasida Yosh qutqaruvchi musobaqasining Xorazm viloyati bosqichi otkazildi. Bu haqda Daryoga Xorazm viloyati FVB aloqa, xabar berish va axborot texnologiyalari bolimi boshligi kapitan Sh.Samandarov xabar berdi.

Musobaqa davomida jami 12 ta umumtalim maktablari hamda 8 ta kasb-hunar kollejlarining jamoalari ishtirokchilari beshta shart boyicha bellashdi.

Musobaqaning birinchi shartida, guruhlarga beshtadan Favqulodda vaziyatlar borasida umumiy savollar beriladi va besh ballik tizimda baholandi (nazariy). Harakat 10 ballik tizimda baholandi.

Musobaqaning ikkinchi shartida, jabrlanuvchiga tezkor tibbiy yordam korsatish boyicha uchta amaliy savollar berildi va guruh tomonidan bajarilishi tekshirildi. Harakat 10 ballik tizimda baholandi.

Musobaqaning uchinchi shartida, daryodan arqonlar yordamida otish (pereprava) hamda belgilangan vaqtda palatka yoyish mashqini amalda bajardi. Ushbu shart 15 ballik tizimda baholandi.

Musobaqaning tortinchi sharti boyicha, guruh ishtirokchilari har biri bilet tortish yoli bilan biletda korsatilgan tugunni arqon yordamida boglash usulini bajardi. Qutqaruv anjomlaridan qanday holatlarda va usullarda foydalanish zarurligini, oz-ozini saqlash tizimlarini kiyish, arqon yordamida yuqoriga (jumar yordamida) kotarilish va 6 metr balandlikdan pastga tushish mashqlarini jamoalar amalda bajardi. Ushbu shart 15 ballik tizimda baholandi.

Musobaqaning beshinchi sharti boyicha, guruhlar ortasida 60 metrga tosiqlar osha estafetali yugurish shartlari boyicha otkazildi.

Har bir yol qoyilgan xato va kamchiliklar uchun ishtirokchilarga jarima ballar va vaqtlar qoshib borildi.

Otkazilgan musobaqalarda barcha jamoalar ozlarining jismoniy chidamliligini, favqulodda vaziyatlar yonalishi boyicha bilim va konikmalarini yana bir marotaba oshirib tengsiz kurash olib borishib, shart 15 ballik tizimda baholandi.

Viloyat miqyosida Yosh qutqaruvchi kongillilar klublari ortasida otkazilgan sport musobaqasida jamoalar Umum-jamoa hisobida quyidagi orinlarni egalladi:

Umumiy orta talim maktablari boyicha:

Gurlan tumani 29-son umumiy orta talim maktabning Qalqon jamosi 1-orinni, Xonqa tumani 46-son umumiy orta talim maktabining Qalqon jamoasi 2-orinni, Urganch shahar 13-son umumiy orta talim maktabining Qalqon jamoasi 3-orinni egalladi.

Kasbhunar kollejlari boyicha:

Qoshkopir Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejining Qalqon jamoasi 1-orinni, Bogot Yengil sanoat kasb-hunar kollejining Himoya jamoasi 2-orinni, Gurlan Transport kasb-hunar Temuriylar jamoasi 3-orinni egalladi.

Musobaqada faxrli orinlarni egallagan jamoalar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligi, viloyat Xalq talimi boshqarma boshligi, Ozbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan diplomlar, faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovgalar bilan taqdirlandi.

Gurlan tumani 29-son umumiy orta talim maktabning Qalqon va Qoshkopir Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejining Qalqon jamoalari musobaqaning viloyat bosqichida fahrli 1-orinni egallab Respublika bosqichiga yollanmani qolga kiritdi.

Otkazilgan Yosh qutqaruvchi kongillilar klublari ortasida sport musobaqalariga jami 180 nafar ishtirokchi va komandalarning rahbarlari hamda 165 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda Zilzilalar vaqtida ozini togri harakat qilish, Ovqatdan ommaviy zaharlanishni oldini olish, Is gazidan zaharlanishni oldini olish va Suvda chokish bilan bogliq baxtsiz xodisalarni oldini olish mavzulari va korgazmali asbob-anjomlar togrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu mavzularga oid 140 ta eslatma va bukletlar tarqatildi.

Otkazilgan Yosh qutqaruvchi musobaqalari davomida hech qanday kongilsiz hodisalar sodir bolmadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-04-2019, 21:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -