» » Toshkentda sovuq suv narxining oshgani haqida aholiga bir kun o‘tgach e’lon qilindi 

Toshkentda sovuq suv narxining oshgani haqida aholiga bir kun o‘tgach e’lon qilindi 


Toshkentda 24-apreldan e’tiboran sovuq suvning narxi oshirildi, deya xabar beradi “Podrobno”.

Ajablanarli tomoni tariflar ko‘tarilgan haqida aholiga 25-aprel kuni e’lon qilingan. Yangi tariflar Toshkent shahar hokimining 2-aprel kungi qarori asosida joriy etilgan. Ya’ni, poytaxt hokimligida ushbu ma’lumotni aholiga yetkazish uchun bir oy vaqt bo‘lgan.

Markaziy issiq suv ta’minoti bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy aholisi uchun 1 kubometr sovuq suv narxi 1050 so‘m (avval 850 so‘m), markaziy issiq suv ta’minoti bo‘lmaganlar uchun 715 so‘m (avval 615 so‘m) etib belgilangan.

Kanalizatsiyasi mavjud bo‘lgan xususiy uy egalari uchun 1 kubometr suv 715 so‘m (avval — 615 so‘m), kanalizatsiyasiz — 380 so‘m. Oxirgi holat bo‘yicha tarif o‘zgartirilmagan.

Sovuq suvga umumiy stavkada hisoblagichsiz to‘layotganlarni katta o‘zgarishlarni kutmoqda. Ular uchun 24-apreldan 1-mayga qadar ikki marta narx ko‘tariladi.

Shunday qilib, 24-apreldan boshlab bir kishi uchun kanalizatsiya, ichki suv ta’minoti, dush, hammom yoki dush bilan jihozlangan uylarning fuqarolari 9083,15 so‘m (avval — 8933,22) to‘lashi kerak. 1-maydan e’tiboran esa narx ikkinchi marta 10116,43 so‘mga ko‘tariladi.

Kanalizatsiya va markazlashtirilgan issiq suv bilan ta’minlangan uy-joylar va umumiy turar joylarda aprel oyida bir kishi uchun suv ta’minoti 10263 so‘mni (avvalgi — 9937,13), may oyida esa 11944,63 so‘mni tashkil etadi.

Suv ta’minoti, kanalizatsiya va markazlashgan issiq suv bilan ta’minlangan yotoqxonalarda aprel oyi boshida bir kishi uchun suv narxi — 5318,1 so‘m (avval — 5149,24 so‘m), 1-maydan esa 6189,49 so‘mni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют