» » Superliga. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Navbahor” “Dinamo” bilan durang qayd etdi

Superliga. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Navbahor” “Dinamo” bilan durang qayd etdi


26-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 6-turini “Dinamo”—“Navbahor” uchrashuvi boshlab berdi.

Bellashuvning 25-daqiqasida namanganliklar a’zosi Slavko Lukich Azim Ahmedov uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib mezbon jamoa hujumchisi Qadamboy Nurmatov hisobni tenglashtirdi (1:1). 45-daqiqada yarim himoyachi Sardor Eminov samarqandliklarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 47-daqiqada esa “Navbahor” hujumchisi Aleksandr Kasyan jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:2).

Shu tariqa o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Navbahor” 8 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. “Dinamo” hisobida ham 8 ochko mavjud va jamoa gollar nisbati bo‘yicha 6-pog‘onadan joy olgan.

Superliga

6-tur bahsi

Gollar: 0:1 — 25 Slavko Lukich, 1:1 — 35 Qadamboy Nurmatov, 2:1 — 45 Sardor Eminov, 2:2 — 47 Aleksandr Kasyan

“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Loqayev, Hakimxon A’lamxonov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov (Sanjar Baratov, 71), Qadamboy Nurmatov (Vohid Shodiyev, 67), Bobur Qosimov, Siroj Hamroyev, Sardor Eminov (Nizomjon Norov, 89), Ixtiyor Toshpo‘latov, Shoxruh Abdurahmonov

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich, Oston O‘runov (Shahzod Shaymanov, 39), Azim Ahmedov, Ivan Solovyov (Elman Tagayev, 74), Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov, 67), Obid Jo‘raboev, Mirzohid G‘ofurov, Abdujamol Isroilov, Jahongir Mehmonov, Abbosjon G‘ulomov.

Ogohlantirishlar: Sardor Eminov (37), Hakimxon A’lamxonov (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют