» » Shri-Lanka prezidenti oroldagi barcha uylarni tekshirishni buyurdi

Shri-Lanka prezidenti oroldagi barcha uylarni tekshirishni buyurdi


Shri-Lankada bir qator terrorchilik hujumlaridan so‘ng, davlat rahbari Maytripala Sirisenaning buyrug‘iga binoan har bir turar joy binolari tekshiriladi. Bu haqda 26-aprel, juma kuni “TASS” axborot agentligi xabar qildi.

“Har bir bino doimiy aholisining ro‘yxatga olinishi — boshqa noma’lum shaxslar uchun yashash imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaslikka bog‘liq sabab”, — deydi Sirisena.

Uch kun ilgari, 23-aprel kuni prezident mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan barcha tashkilot rahbarlarini ishdan bo‘shatishga qaror qildi. Davlat rahbari maxsus xizmatlar terroristik harakatlarga tayyorgarlik haqida ma’lumot olganini, ammo unga xabar bermaganligini ma’lum qildi. Sirisena yaqin orada politsiya, xavfsizlik xizmati va boshqa xavfsizlik organlarini qayta tashkil etish niyatida ekanini aytdi.

21-aprel kuni Shri-Lankada sakkizta portlash sodir bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 359 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq kishi yaralangan. Qurbonlar orasida qirqdan ortiq chet el fuqarolari, jumladan, Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy va Germaniya fuqarolari mavjud. Ular orasida Rossiya fuqarolari yo‘q. Shri-Lankaning sog‘liqni saqlash xizmati rahbari Anil Jasingening so‘zlariga ko‘ra, rasmiy raqamlar noto‘g‘ri, qurbonlar soni haqiqatda, taxminan 260 kishi.

Hujumlar uchun mas’uliyatni IShID terroristik guruhi o‘z bo‘yniga olgan. Shri-Lanka hukumati esa hujumlar mahalliy ekstremistik tashkilotlar tomonidan amalga oshirilganligini ta’kidlamoqda. Tergov davomida jami 60 kishi hibsga olingan, bir necha o‘nlab kishilar qidirilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют