» » La Liga. “Atletiko M” o‘z uyida “Alaves”ni mehmon qiladi, “Barselona” esa “Levante”ni sinovdan o‘tkazadi

La Liga. “Atletiko M” o‘z uyida “Alaves”ni mehmon qiladi, “Barselona” esa “Levante”ni sinovdan o‘tkazadi


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 35-tur bahslariga 27-aprel kuni start beriladi.

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Valyadolid”ni qabul qiladi. Bellashuvga soat 19:15 da start beriladi. Eslatib o‘tamiz, “matraschilar” 34-turda “Valensiya”ni 3:2 hisobida taslim qilgandi.

Shu kuni musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Leo Messi yetakchiligidagi “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Levante”ni sinovdan o‘tkazadi. O‘yin soat 23:45 da boshlanishi belgilangan. Ta’kidlash joiz, kataloniyaliklar avvalgi turda mehmonda kechgan bahsda “Alaves”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:0).

Musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi 28-aprel kuni “Rayo Valyekano” maydoniga safar qiladi. Bahsga soat 23:45 da start beriladi. Ma’lumot uchun, “Qirollik klubi” oxirgi turda “Xetafe” bilan durang o‘ynagandi (0:0).

34-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

35-tur bahslari

27-aprel, shanba

28-aprel, yakshanba

29-aprel, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют