» » “Inter”—“Yuventus”. A Seriya 34-tur o‘yinlari anonsi

“Inter”—“Yuventus”. A Seriya 34-tur o‘yinlari anonsi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 34-tur bahslariga 27-aprel sanasidan e’tiboran start beriladi.

Klaudio Ranyeri qo‘l ostidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida “Kalyari” bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, rimliklar avvalgi turda “Inter” bilan durang o‘ynagandi (1:1).

Shu kuni turning markaziy o‘yinida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan Turinning “Yuventus” klubi Luchano Spaletti boshliq Milanning “Inter” klubi bilan bahs olib boradi. O‘yinga soat 23:30 da start beriladi. Ma’lumot uchun, turinliklar 87 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, “Inter” esa 61 ochko jamg‘arib 3-o‘rinda bormoqda.

28-aprel, yakshanba kuni Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” klubi mehmonda “Frozinone”ni sinovdan o‘tkazadi. O‘yin soat 15:30 da boshlanishi belgilangan. Ta’kidlash joiz, neapolliklar avvalgi turda “Atalanta”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygandi.

33-turda “Parma” bilan durang natija qayd etgan (1:1) “Milan” jamoasi “Torino” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv 23:30 da boshlanishi belgilangan. Eslatib o‘tamiz, Jennaro Gattuzo shogirdlari 56 to‘plab, musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band qilib turibdi.

33-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

34-tur bahslari

27-aprel, shanba

28-aprel, yakshanba

29-aprel, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют