» » O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda muqobili yo‘q Sport reabilitatsiya markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda muqobili yo‘q Sport reabilitatsiya markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonda Sport reabilitatsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

26-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining AVIC International kompaniyasi direktori o‘rinbosari Qin Vei boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Sport reabilitatsiya markazini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, xalqaro talablarga javob beradigan ushbu markazning tashkil etilishi yoshlarni erta davrdan boshlab ularning fiziologik va psixologik imkoniyatlaridan kelib chiqib sport turlariga yo‘naltirish, sportchilarni tanlab olish va baholash bo‘yicha ishonchli tizim yaratish imkonini beradi.

Bundan tashqari markazda jarohat olgan sportchilarning qayta tiklanishlari uchun jahon talablariga javob beradigan sharoitlar yaratiladi.

Ma’lumot uchun, AVIC International kompaniyasi 1979-yilda tashkil etilib, dunyodagi eng yirik 500 ta kompaniyalardan biri hisoblanadi. 65 ta davlatda 148 vakolatxonasi bo‘lgan kompaniyaning bir yillik mablag‘ aylanmasi 25 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют