» » “Matrosskaya tishina”dagi ikki mahbusning o‘limi sabab Moskvadagi barcha hibsxonalarida narkotiklar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkaziladi

“Matrosskaya tishina”dagi ikki mahbusning o‘limi sabab Moskvadagi barcha hibsxonalarida narkotiklar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkaziladi


Moskvadagi “Matrosskaya tishina” tergov hibsxonasida ikki mahbus vafot etganidan so‘ng Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) 26-apreldan boshlab Rossiya poytaxtidagi barcha hibsxonalarni tekshiruvdan o‘tkazadi.

“Interfaks”ning FSINga asoslanib xabar berishicha, “taqiqlangan buyumlarni aniqlash maqsadida” o‘tkaziladigan navbatdan tashqari tekshiruvlar tergov izolyatorlarining barcha xonalarini qamrab oladi. Tintuvlarda giyohvand moddalarni izlashga o‘rgatilgan xizmat itlari ham qatnashadi.

24-aprelga o‘tar kechasi “Matrosskaya tishina” hibsxonasida mahbuslarning ommaviy ravishda giyohvand moddalar dozasini oshirib yuborishi (peredozirovkasi) holati qayd etilgan. FSIN vakillari dastlab ikki kishi vafot etgan, yana ikki kishi kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qilgandi. Endi esa uch kishi noma’lum moddadan zaharlangani aytilmoqda.

“Matrosskaya tishina”da mahbuslarning narkotiklardan zaharlanishi holati yuzasidan mansabga sovuqqonlik bilan qarash, mansab mavqeini suiiste’mol qilish va giyohvand moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish holatlari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Moskva shahrining Inson huquqlari bo‘yicha vakili ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yili Rossiya poytaxtidagi tergov izolyatorlarida to‘rt mahbus vafot etgan. Bu o‘limlarning hech biri narkotiklar bilan bog‘liq bo‘lmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют