» » Vladimir Zelenskiy: Rossiya rasmiylariga pasportlari bilan Ukraina fuqarolarini o‘ziga og‘dirib olishga urinmasliklarini maslahat bergan bo‘lardim

Vladimir Zelenskiy: Rossiya rasmiylariga pasportlari bilan Ukraina fuqarolarini o‘ziga og‘dirib olishga urinmasliklarini maslahat bergan bo‘lardim


Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning barcha ukrainaliklarga fuqarolik berishga tayyorligi haqidagi bayonoti yuzasidan Facebook‘dagi sahifasida rus va ukrain tillarida murojaat qildi.

“Rossiya rasmiylariga RF pasportlari bilan Ukraina fuqarolarini o‘ziga og‘dirib olishga vaqt sarflamasliklarini maslahat bergan bo‘lardim. Biz o‘zimiz Vladimir Putinga mamlakatni talab kelgan va endi Ukrainada o‘zini aniq juda noqulay sezadigan fuqarolarimiz ro‘yxatini yaqin orada taqdim etamiz. Rossiya o‘zi ularni qayerda — Rostov yoki Magadanda bunday professionallar ko‘proq kerak bo‘lishini hal eta qolsin”, — deya kinoya qilgan Zelenskiy.

Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya fuqaroligi “tinch namoyish uchun hibsga olinish, erkin va raqobatli saylovlar bo‘lmasligi, tabiiy huquq va erkinliklar haqida umuman unutish” huquqini beradi.

U Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligi, biroq “tahdid, harbiy va iqtisodiy bosim tilida” gaplashmasligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют