» » Ronaldu klublardagi faoliyatida yubiley 600-golini urdi

Ronaldu klublardagi faoliyatida yubiley 600-golini urdi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 34-turida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Inter” bilan kechgan o‘yinda hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi (1:1).

Gracenote Live’ning xabar berishicha, 34 yoshli futbolchi klublardagi faoliyatida o‘zining yubiley 600-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Portugaliyalik “Sporting” safida 5 ta, “Manchester Yunayted” uchun 118 ta, “Real” tarkibida 450 ta va “Yuventus”da 27 ta gol urdi.

Bundan tashqari, Ronaldu joriy mavsum A Seriyada gollari sonini 20 taga yetkazib oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют