» » 29-aprel kuni Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi

29-aprel kuni Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi


29-aprel kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha Mirobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridagi gaz quvurlarida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim aholi hududlari, ijtimoiy va maishiy-kommunal obyektlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda  Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mirobod tumanida:

— Sayxun ko‘chasida;

— 8-mart ko‘chasida;

— Vodil ko‘chasida;

Chilonzor tumanida:

— Central Kardio Servis MChJda;

— Qozirobod ko‘chasida;

Yakkasaroy tumanida:

— “Navro‘z” restoranida;

— “ZIYoDA-NON” MChJda;

Yashnobod tumanida:

— To‘yona ko‘chasida;

— Boku ko‘chasida;

— Farg‘ona yo‘li ko‘chasida;

— Obod makon ko‘chasida;

— “Katta Qo‘yliq” mahallasida;

Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют