» » Eron tashqi ishlar vaziri Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

Eron tashqi ishlar vaziri Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi


Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.

Eron rasmiy axborot agentliklari ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad Javad Zarif yaqin orada Shimoliy Koreyaga borishni rejalashtirgan. Yaqin 10 kun ichida undan tashqari, ikki qo‘shni davlatga ham tashrif buyurib, keyin esa ikki tomonlama aloqalarni muhokama qilish uchun Rossiyada muzokaralar o‘tkazmoqchi. U Shimoliy Koreyadan so‘ng qaysi ikki davlatga tashrif buyurishi to‘g‘risida ma’lumot bermadi.

Prezident Donald Tramp 2015-yilgi yadroviy bitimdan voz kechganidan beri AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi. AQSh yadroviy quroldan voz kechishga ishonch hosil qilish uchun Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi.

Dekabr oyida Eron parlamenti delegatsiyasi Shimoliy Koreyaga borgan bo‘lsa, avgust oyida esa Shimoliy Koreya bosh diplomati Ri Yong Xo Eronga tashrif buyurgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют