» » Kattaqo‘rg‘on va Payariq tumanlariga yangi sud raislari tayinlandi

Kattaqo‘rg‘on va Payariq tumanlariga yangi sud raislari tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2019-yil 24-apreldagi Qaroriga asosan Bahodir Aliqulov sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi “Zarnews”.

Bahodir Aliqulov bundan oldin jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining, viloyat sudining sudyasi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2019-yil 24-apreldagi Qaroriga asosan Temur Almamatov sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Temur Almamatov bundan oldin jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2019-yil 24-apreldagi Qaroriga asosan Shuhrat Sharipov sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shuhrat Sharipov bundan oldin jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют