» » Indoneziyadagi suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 taga yetdi

Indoneziyadagi suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 taga yetdi


Indoneziyada o‘tgan bir necha kun ichida tropik bo‘ronlar natijasida yuz bergan sel va suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafardan oshdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda 31 kishi halok bo‘lgan, mahalliy aholining 13 nafari bedarak yo‘qolgan deb topilmoqda.

Tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda, hususan Benkulu provinsiyasida 12 mingga yaqin mahalliy aholi evakuatsiya qilingan. Yuzlab uy-joylar va inshootlar jiddiy zarar ko‘rgan, o‘nlab ko‘prik va yo‘llar vayron bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, suv sathi asta-sekin pasayib bormoqda, ammo kuchli yog‘ingarchilik qaytalansa yangi ko‘chkilar va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkin.

Avvalroq suv toshqini oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют