» » Qonunchilik hujjatlarining raqobatga tasirini baholash mexanizmi joriy qilindi

Qonunchilik hujjatlarining raqobatga tasirini baholash mexanizmi joriy qilindi


Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-sonli Farmoniga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasiga qonun hujjatlarining raqobatga tasirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlarni qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yol qoymaslik yuzasidan vazifalar yuklatilgan, deb xabar beradiMonopoliyaga qarshi kurashish qomitasi axborot xizmati.

Ushbu vaziflardan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi tomonidan ilgor xalqaro amaliyotga asoslangan qonun hujjatlarining raqobatga tasirini baholash Metodikasi ishlab chiqildi va Adliya vazirligida 2019-yil 19-aprelda 3155-son bilan davlat royxatidan otkazildi.

Loyihalar va amaldagi qonun hujjatlarining raqobatga tasirini baholash davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli choralar korish maqsadida amalga oshiriladi.

Raqobatga tasirni baholash Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi tomonidan 2 ta usulda, yani, ex-ante loyihalarni va ex-post amaldagi qonun hujjatlarini raqobatga tasirini baholash tarzida amalga oshiriladi.

Ex-ante usuli boyicha raqobatga tasirni baholash. Bunda, quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihalar Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasiga majburiy tarzda kiritiladi, yani:

a) yangi cheklovlarni, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar

va litsenziyaning yangi turlarini kiritish;

b) litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni, shuningdek qoshimcha texnik tartibga solish shartlarini joriy etish;

v) tovar yoki moliya bozori ishtirokchilarida ortiqcha xarajatlarga olib kelishi mumkin bolgan talablar (shartlar)ni kiritish;

g) tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga soliq va boshqa majburiy tolovlar boyicha imtiyoz, kafolat hamda boshqa preferensiyalar belgilash, shuningdek ayrim tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga eksklyuziv huquqlarni berish;

d) tabiiy monopoliya subektlarining tovar (ish, xizmat)lari narxi (tarif)ni va boshqa tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) oshirish;

ye) istemolchilar yoki tovar va moliya bozori ishtirokchilari uchun infratuzilma va tabiiy monopoliya subektlarining tovar (ish, xizmat)laridan foydalanish shartlarini ozgartirish;

j) tabiiy monopoliya subyektlarini tovar va moliya bozorlarida ishtirokini mavjudligi;

z) davlat korxonalari va tabiiy monopoliya subektlarini tashkil etish va qayta tashkil etish;

i) tovar va moliya bozorlarida davlat ishtiroki yoki davlat organlarining istalgan korinishdagi harakatlarining mavjudligi;

k) tovar va moliya bozori ishtirokchilarining istalgan korinishdagi resurslar, jumladan xom ashyo, materiallar, ishchi kuchi va moliyaviy resurslardan foydalanish shartlarining ozgarishi.

Loyihaning raqobatga tasirini baholash boyicha Qomitaning xulosasi loyiha ishlab chiquvchi tomonidan majburiy tartibda korib chiqilishi lozim.

Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan Reglamentga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi xulosasi loyiha bilan birga huquqiy ekspertizadan otkazishi uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi.

Loyiha Ozbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilganda unga Qomita xulosasi majburiy tartibda ilova qilinadi.

Qomita xulosasida loyihani qabul qilinishi raqobat muhitiga salbiy tasiri korsatilganda, ushbu hujjat loyihani qabul qiluvchi tomonidan uni qabul qilmaslik uchun asos sifatida qaraladi.

Ex-post usuli boyicha raqobatga tasirni baholash. Bunda, raqobat togrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash yuzasidan amaldagi qonun hujjatlari yiliga kamida ikki marotaba xatlovdan otkaziladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi amaldagi qonun hujjatini raqobat togrisidagi qonun hujjatlariga zid deb topganda:

- yuqori yuridik kuchga ega bolgan qonun hujjatlari yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli tartibda takliflar kiritadi;

- vazirliklar, davlat qomitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari yuzasidan raqobat togrisidagi qonun hujjatlari buzilish holatini belgilangan muddatda bartaraf etish togrisida qonun hujjatlariga muvofiq taqdimnoma kiritadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-04-2019, 14:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -