» » Qashqadaryo viloyatida 5 ta hududiy davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Qashqadaryo viloyatida 5 ta hududiy davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi


Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 25-apreldagi buyrug‘iga asosan Qashqadaryo viloyatida 5 ta hududiy davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi, deb xabar berdi qo‘mita axborot xizmati.

Baxtiyor Usmonov  – Chiroqchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Baxtiyor Usmonov 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

1998-yili Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Nishon tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat bo‘limi uchastka davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Nishon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Ulug‘murot Bo‘tayorov – Nishon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ulug‘murot Bo‘tayorov 1977-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000-yili Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda faoliyat boshlashiga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo‘limi davlat soliq bosh inspektori vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Abror Temirov – Muborak tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Abror Temirov 1981-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006-yili Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlagunga qadar u Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Mahmud Sherdanayev  – Shahrisabz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Mahmud Sherdanayev 1962-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1989-yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani davlat soliq inspeksiyasi Barcha boshqa soliqlar bo‘limi davlat soliq katta inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo‘limi davlat soliq bosh inspektori vazifasida ishlagan.

Obidjon Xasanov  – Qarshi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Obidjon Xasanov 1973-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1995-yili Qarshi davlat universitetini, 2001-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani davlat soliq inspeksiyasi Tushumlarni jamlash va nazorat qilish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlashga qadar Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi vazifasida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют