» » “Real” so‘nggi 10 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etmoqda

“Real” so‘nggi 10 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etmoqda


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 35-turida “Real” “Rayo Valyekano”ga mag‘lub bo‘ldi (0:1).

Bu Madrid klubining joriy mavsum La Ligadagi 10-mag‘lubiyati bo‘ldi. “Qirollik klubi” so‘nggi 2 mavsumdagi mag‘lubiyatlarini qo‘shib hisoblaganda (6 va 3 tadan mag‘lubiyat) ham bu safar ko‘proq mag‘lub bo‘ldi.

“Real” oxirgi 10 yil ichida bitta mavsumning o‘zida 10 ta uchrashuvda yutqazmagandi. Shuningdek, madridliklar barcha musobaqalarni hisoblaganda 16 marta mag‘lubiyatga uchradi — bu ham 2008/09-yilgi mavsumdan buyon eng yomon natija hisoblanadi.

Bu klub tarixida bitta mavsumdagi mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha 4-natijaning takrorlanishi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Madrid klubi 1984/85 (19), 1995/96 (18), 1998/99-yilgi mavsumlarda eng ko‘p mag‘lub bo‘lgandi. 2001/02, 2008/09 va 2018/19-yilgi mavsumlarda esa 16 tadan uchrashuvda yutqazgandi.

Pedro Martinning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berishicha, “Real Madrid” 2002-yilning yanvar oyidan buyon ilk marta “Rayo Valyekano”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘shanda “Rayo Valyekano” Ispaniya Kubogida “Real”ni xuddi shunday hisob bilan yutgandi. Ta’kidlash joiz, ikki jamoa qarama-qarshiligining dastlabki o‘yinida madridliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Agarda La Ligadagi bahslarni hisobga olinadigan bo‘lsa, “Rayo Valyekano” “Real Madrid” ustidan oxirgi marta 1997-yilning fevral oyida 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют