» » Indoneziyada saylov natijalarini hisoblashdan charchab vafot etganlar soni 272 taga yetdi

Indoneziyada saylov natijalarini hisoblashdan charchab vafot etganlar soni 272 taga yetdi


Indoneziyada 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan saylovdan so‘ng millionlab ovozlarni qo‘lda hisoblab chiqish vaqtidagi charchoq oqibatida 272 kishi vafot etdi, yana 1878 kishi kasallangan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Mamlakat markaziy saylov komissiyasining vakilining so‘zlariga ko‘ra, xodimlarning o‘limi ishdan haddan tashqari charchash bilan bog‘liq.

Uning aytishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi jarblanganlarga yordam ko‘rsatishga chaqirmoqda, Moliy vazirligi esa vafot etganlarning qarindoshlariga tovon pulini to‘lash masalasi bilan shug‘ullanmoqda.

Indoneziya hukumati xarajatlarni qisqartirish maqsadida, 17-aprel kuni ham prezidentlik, ham milliy va mintaqaviy darajada parlament saylovlarini o‘tkazishga qaror qilgandi. Saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 193 million fuqaroning deyarli 80 foizi qatnashgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 813 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan. Indoneziya Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish natijalarini hisoblashni 22-mayda yakunlashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Indoneziyada dunyo tarixidagi eng katta saylovlar natijalarini hisoblashdan zo‘riqqan 54 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют