» » Humo to‘lov tizimining sayti ishga tushirildi

Humo to‘lov tizimining sayti ishga tushirildi


Humo to‘lov tizimining sayti ishga tushirildi, Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) saytida tizimga oid barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Spot xabar qiladi.

“HumoCard” — bank to‘lov kartalariga asoslangan Humo to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib,O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Humo kartalari 1-maydan boshlab chiqariladi. Hozirda test rejimida Markaziy bank va tijorat banklari xodimlari uchun bir nechta kartalar chiqarildi. Ulardan aprel oyining oxiri — may oyining boshlaridan boshlab foydalanish mumkin bo‘ladi.

Kartalarni qabul qiladigan 47 990 ta terminal o‘rnatilgan bo‘lib, ularni 28 ta bankda qo‘lga kiritish mumkin. Humo kartasiga xizmat ko‘rsatish narxini kartani muomalaga chiqargan tijorat banklari o‘zlari belgilaydi. Shuningdek narx kartaning turiga ham bog‘liq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют