» » Ozbekistonda 29 ta xojalik jamiyatining davlat aksiyalari investorlarga sotiladi

Ozbekistonda 29 ta xojalik jamiyatining davlat aksiyalari investorlarga sotiladi


Respublika iqtisodiyotiga togridan togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ4300, 29.04.2019-y.). Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi rasmiy huquqiy axborot kanalida xabar qilinadi.

Qarorga muvofiq, togridan togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish yollari belgilanadi.

Kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik, bank-sugurta sohasidagi davlat aksiyalari, xususan, 29 ta xojalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari investorlarga sotiladi. Aloqabank AJ, Qizilqumsement AJ, Coca-cola Ichimligi qoshma korxonasidagi davlat aksiyalari shular jumlasidandir.

Road Show dasturlari ishlab chiqiladi.

Xalqaro biznes arenada Ozbekistonning ijobiy imijini ilgari surish boyicha Invest in Uzbekistan axborot kampaniyasi yaratiladi.

Shuningdek, 6 mlrd. 131 mln. dollarlik xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining royxati tasdiqlandi.

2019-yilda Ozbekiston vakillari 9 ta xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlarda ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-04-2019, 22:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -