» » World of Tanks asoschilari Toshkentga keldi. Ular bilan hamkorlikda vatanparvarlikka xizmat qiladigan kompyuter o‘yinlari ishlab chiqarilishi mumkin

World of Tanks asoschilari Toshkentga keldi. Ular bilan hamkorlikda vatanparvarlikka xizmat qiladigan kompyuter o‘yinlari ishlab chiqarilishi mumkin


O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Belarusning Wargaming kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi vazirlikning axborot xizmati.

Uchrashuvda mehmonlar Wargaming kompaniyasining kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarish va ularni jahon miqyosida ommalashtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalari xususida so‘zlab berdi.

Tomonlar yoshlarda vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishga xizmat qiladigan kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Wargaming — kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri. 18 yillik faoliyati davomida kompaniya 15 dan ziyod turli platformalarga mo‘ljallangan o‘yinlarni ishlab chiqqan.

Ular orasida World of Tanks, World of Warplanes va World of Warships kompyuter o‘yinlari Wargaming’ning eng ommalashgan mahsulotlari hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют