» » Sergelidagi xonadonda 100 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar saqlanayotganligi fosh etildi

Sergelidagi xonadonda 100 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar saqlanayotganligi fosh etildi


Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar saqlanayotgan xonadon fosh etildi, bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy veb-sayti xabar qiladi.

Tadbirda Sergeli tumanida yashovchi fuqaro A.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, fuqaroning uyida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda davlat tilida markirovka qilinmagan qiymati 100,5 million so‘mlik 521 dona biologik faol qo‘shimchalar qayta sotish uchun qonunga xilof ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют