» » Hindistonda 20 nafar talaba imtihondagi yomon baholar tufayli o‘z joniga qasd qildi

Hindistonda 20 nafar talaba imtihondagi yomon baholar tufayli o‘z joniga qasd qildi


Hindistonning Telingani shtatida 20 nafar talaba imtihonlarda olgan yomon baholari sabab o‘z joniga qasd qildi, deb xabar berdi “Liga Novosti”.

Aniqlanishicha, million nafar talabadan 350 000 nafari imtihon paytida yomon baholar olgan.

Ularning ota-onalarining taxmin qilishicha, yomon natijalar testni tekshiradigan dasturiy ta’minotdagi xatolik tufayli yuzaga kelgan.

Siyosiy partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanilgan namoyishlardan so‘ng hukumat qoniqarsiz natijali testlarni qayta tekshirishga rozi bo‘lgan.

Sirisha ismli talaba qiz biologiya bo‘yicha testdan qoniqarsiz baho olgani uchun uyida o‘zini yoqib yuborgan.

Mamlakat hukumat imtihondan yiqilgan talabalarga bu hayotning tugashi emasligini eslatib, ularni o‘z joniga qasd qilmaslikka chaqirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют