» » Misrdagi sirli topilmalar: tadqiq qilinmagan qabriston va 30 ta qadimiy mumiyolangan jasad

Misrdagi sirli topilmalar: tadqiq qilinmagan qabriston va 30 ta qadimiy mumiyolangan jasad


Janubiy Misrning Asuan viloyatida arxeologlar qadimiy qabriston va  30 ta mumiyolangan jasad topdi, deya xabar beradi Sputnik.

Mamlakat qadimiy ishlar bo‘yicha vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qabr ichidagi yozuvlar dafn etilgan “asosiy” shaxsi — Tiytni topishga yordam bergan.

Biroq, yer ostidagi sag‘anada o‘ttizta mumiyo, jumladan, mumiyolangan bolalarning jasadlari bo‘lgan.

Qabr ikki ming yil davomida tadqiq qilinmagan, u qoya ichiga o‘yilgan, unga faqat tosh zinalar orqali tushish mumkin bo‘lgan. Kirish joyi esa tosh devor bilan berkitilgan.

Xabarda qayd etilishicha, arxeologlar ikkita mumiyolangan jasadni (taxminlarga ko‘ra ona va unig bolani) topgan. Ular bir-birining ustiga qo‘yilgan va tananing konturlarini ajratib turadigan ko‘p qatlamli papirus bilan qoplangan.

Yana bir nechta bolalar alohida, mayitlarning yon tomonida dafn etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют