» » Zangiotadagi qamoqxona podpolkovnigi xizmat xonasida o‘zini osdi

Zangiotadagi qamoqxona podpolkovnigi xizmat xonasida o‘zini osdi


Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi manzil koloniyasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov 27-aprelga o‘tar kechasi o‘z xizmat xonasida osilgan holda topildi. Bu ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga tasdiqladi.

“Hozirda Asomxo‘ja Abrorovning suitsid holati bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda, natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi” – deya ma’lum qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xorijiy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, marhum podpolkovnik bundan bir oy avval Toshkent viloyati Ohangaron shahri IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, Zangiotadagi qamoqxonaga ishga o‘tkazilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 15:29)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют