» » Zangiotadagi qamoqxona xodimi xizmat xonasida o‘zini osdi

Zangiotadagi qamoqxona xodimi xizmat xonasida o‘zini osdi


Toshkent viloyati IIB Jazoni ijro etish boshqarmasi tasarrufidagi 42-sonli manzil koloniya tartibot bo‘linmasi tezkor vakili 27 yoshli A.A.ning jasadi xizmat kiyimining charm kamariga osilgan holda 28-aprel kuni soat 9:30 da topilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasida A.A.ning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan siqilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, miya va o‘pka shishishi oqibatida kelib chiqqanligi qayd etilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi yuzasidan ma’lumot beriladi”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Avvalroq, “Bozorqo‘mlar ishi” bo‘yicha tergov qilingan “Chilonzor buyum savdo kompleksi” bo‘lim boshlig‘i Dilshod Abdullayev 2018-yil noyabrida IIV JIEBB 1-sonli Toshkent tergov izolyatori (Zangiotadagi “Toshturma”)da vafot etgan edi; Bosh prokuratura talqiniga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan. 2019-yil 30-mart kuni esa xuddi shu hibsxonada “Bozorqo‘mlar ishi” bo‘yicha ikkinchi gumonlanuvchi — “Bek to‘pi” savdo majmuasi sobiq direktori Shukrillaxon Ergashev vafot etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют