» » Respublika ishchi guruhi uyma-uy yurish orqali 2 milliondan ortiq xonadon muammosini o‘rgandi

Respublika ishchi guruhi uyma-uy yurish orqali 2 milliondan ortiq xonadon muammosini o‘rgandi


2019-yil 1-fevraldan boshlab muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni yangi tizimiga asosan Xalq qabulxonalari, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, respublika hududlaridagi barcha tuman va shaharlar sektorlarida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhi.

Aholi muammolarning o‘rganilishi hamda ularning o‘z vaqtida yechimi topilishi bevosita Prezident Administratsiyasi tomonidan nazoratga olingan.

Joriy yilning aprel holatiga Respublika bo‘yicha jami 2,6 milliondan ortiq xonadonlar o‘rganilib, muammosi mavjud bo‘lgan 261,2 mingta xonadonda yashovchi fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida 273,4 mingta turli yo‘nalishdagi masalalar aniqlangan.

Aniqlangan muammolarning eng ko‘pi bandlik (19,9%), suyultirilgan gaz (gaz ballon) yetkazib berish (16,4%), sog‘liqni saqlash (9,9%), uy-joy (9,8%), bank krediti (5,8%), moddiy yordam (5,7%), kadastr (4,1%), ichimlik suvi (2,9%), elektr energiya ta’minoti (1,9%), tabiiy gaz (1,6%), pasport (1,3%), maktabgacha ta’lim (1,6%) bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ri keladi.

Joylarda uyma-uy yurish natijasida aniqlangan aholini qiynab kelayotgan muammolarni sektor rahbarlari, Xalq qabulxonalari va boshqa tashkilotlar xodimlari birgalikda hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Misol tarzida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shaharida olib borilgan hayrli ishlarni keltirsak bo‘ladi. Xususan, 21 ta mahalladagi ichki yo‘llarda 1,8 kilometr asfalt yotqizildi, 3 100 metr ichki yo‘llar ta’mirlandi. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining 450 kvadrat metri ta’mirdan chiqarildi.

Mazkur maqsadlar uchun 1,7 million so‘m sarflandi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash sifatini yaxshilash maqsadida 3150 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 80 ta ko‘p qavatli uyda suv bosimi yaxshilandi. 2 572 metr kanalizatsiya tarmog‘i yangilandi.

Shuningdek, gaz bosimi past bo‘lgan 27 ta mahalla fuqarolar yig‘inining gaz bosimi yaxshilandi, 52 ta maishiy gaz balloni tarqatildi va aholi ehtiyojiga ko‘ra 28.3 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi. Kam ta’minlangan oilalarga 15 ta gaz hisoblash uskunasi o‘rnatildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 8 ta TP o‘rnatildi, 450 ta tayanch keltirilib, 119 tasi o‘rnatildi, 5 kilometr SIP provodlar tortildi, jami qurilish ishlariga 2,4 milliard so‘m sarflandi.

Shahardagi 39 ta ko‘p qavatli uyning tom, fasad, yerto‘la va kirish yo‘laklarini ta’mirlash, atrofini obodonlashtirish, bolalar maydonchalarini qurish ishlariga 1,4 miliiard so‘m mablag‘ sarflandi.

Uy-joyga muhtoj bo‘lgan shahar aholisini uy bilan ta’minlash maqsadida 24 ta 1100 kvartirali ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, o‘zi egalariga topshirildi.

Aholining salomatligini tiklash va muhofaza qilish ishlari ham diqqat-e’tiborda. 14 241 nafar fuqaro to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 607 nafarini nogironlar, 1112 nafarini pensionerlar, 2289 nafarini kam ta’minlangan ehtiyojmand fuqarolar tashkil qiladi.

Kasallik aniqlangan 3 346 nafar fuqaro ambulator, 122 nafari shifoxonaga davolanishga yotqizildi, 23 nafari viloyat va 3 nafari respublikaning ixtisoslashtirilgan shifoxonalariga jo‘natildi. Shu bilan birga 59 nafar fuqaroga nafaqa tayinlandi.

Albatta, uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etishga qaratilgan ushbu tizim davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining xalqqa yaqin ko‘makchi bo‘lishiga, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, sektorlar doirasida ishlarni tashkil etish sifatini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют