» » “Ayaks” “Real” futbolchisini 2 yillik ijaraga olish uchun taklif yubordi

“Ayaks” “Real” futbolchisini 2 yillik ijaraga olish uchun taklif yubordi


Madridning “Real” klubi jamoa yarim himoyachisi Martin Edegorni sotib yubormoqchi emas, deb yozmoqda De Telegraaf.

Madrid klubi 20 yoshli norvegiyalikni yozda “Ayaks”ga ijaraga berib yuborishi mumkin. Amsterdam klubi futbolchining ijarasi borasida “Qirollik klubi”ga 2 yillik taklif bilan chiqqan ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, futbolchi ayni damda Niderlandiyaning “Vitess” klubida ijara asosida to‘p surmoqda.

Yaqin kunlarda “Real” hamda “Ayaks” o‘rtasida Edegor transferi borasida muzokaralar o‘tkaziladi. Ta’kidlanishicha, Edegor niderlandiyaliklarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Agarda Edegorni jamoaga qaytib olish bandi shartnomaga qo‘shiladigan bo‘lsa, “Real” futbolchini ijaraga bermasdan, sotib yuborishi ham mumkinligi aytilmoqda.

Martin Edegor joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют