» » O‘zbekistonda qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi belgilandi


Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 360-sonli qarori bilan qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirgan abituriyentlar masalaga ham oydinlik kiritildi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev yozmoqda.

“Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimcha kiritildi hamda talabani OTMdan chetlatishga asos bo‘ladigan holatlar ro‘yxati quyidagi band bilan to‘ldirildi:

“z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);”

Shuningdek, talabani OTMdan chetlatish tartibiga yana bir kichik o‘zgarish kiritildi, ya’ni endilikda talaba OTMning odob-axloq qoidalarini buzgan bo‘lsa ham, uni talabalikdan chetlatish mumkinligi belgilandi. Ilgari mazkur bandda faqat o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalari sanalgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют