» » “Ayaks” Chempionlar Ligasida “Real” va “Bavariya” natijasini takrorladi

“Ayaks” Chempionlar Ligasida “Real” va “Bavariya” natijasini takrorladi


“Ayaks” Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining safarda kechgan bahsida “Tottenhem”ni yengdi (1:0).

Bu amsterdamliklarning joriy mavsum mazkur musobaqaning pley-off bosqichida mehmonda qozonilgan 3-g‘alabasi bo‘ldi. Avvalroq “Ayaks” Madridda bo‘lib o‘tgan 1/8 finalida “Real”ni (4:1), 1/4 finalida esa “Yuventus”ni Turinda mag‘lubiyatga uchratgandi (2:1).

Shu tariqa “Ayaks” Yevropa Chempionlar Ligasining bitta mavsumida pley-off bosqichining mehmonda kechgan barcha o‘yinlarida g‘alabaga erishgan uchinchi jamoa bo‘ldi.

Avvalroq “Bavariya” 2012/13-yilgi mavsumda, “Real” esa 2017/18-yilgi mavsumda ushbu natijani qayd etgandi.

Qayd etish joiz, ikkala jamoa ham o‘sha yillarda musobaqa chempioniga aylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют