» » Har daqiqa g‘animat: Yurak porogi bilan kurashayotgan Mavjudaning hayotini saqlab qolaylik!

Har daqiqa g‘animat: Yurak porogi bilan kurashayotgan Mavjudaning hayotini saqlab qolaylik!


2 yoshli Mavjuda Qalandarovaga yurak porogi tashxisi qo‘yilgan. U operatsiya qilinishi kerak.

Qizaloq tez charchab qoladi. Ishtahasi yo‘q. Tirnoqlari va lablari ko‘kargan. Sog‘lig‘i kundan kunga yomonlashmoqda.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, farzandi Mavjuda tug‘ma yurak porogi bilan dunyoga kelgan. Farzandini asrab qolishga harakat qilayotgan ayolning dardlari bolasinikidan-da og‘ir. Bir yildan ortiqroq paytdan buyon Mavluda opa farzandini davolatish bilan ovora.

Ona farzandini saqlab qolish uchun ko‘plab mutaxassislarga murojaat qildi.

Mutaxassislarning qaroriga ko‘ra, uning sog‘ayib ketishi uchun jarrohlik operasiyasi tez orada

o‘tkazilishi kerak ekan. Operatsiya uchun esa 28—335 million so‘m mablag‘ zarur. Oila moddiy ta’minotining nochorligi qizaloqning davolanishiga imkon bermayapti.

“Oxirgi paytlar qizimning ahvoli yanada og‘irlashdi, ishtahasi yo‘qoldi, holsizlana boshladi. Yaqin muddatda operatsiya qilinmasa sog‘ligi ijobiy tomonga o‘zgarmasligi tobora ayonlashmoqda.

O‘zimning sog‘lig‘im ham ijobiy darajada emas. Ona uchun farzandining ko‘z o‘ngida so‘lib borishini ko‘rishdan og‘irroq azob bo‘lmas ekan.

Saxovatli insonlardan shu farzandim Mavjudaning davolanib operasiya bo‘lib sog‘ayib ketishida, imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman. Qo‘llaridan kelganicha, imkoniyatlari boricha xolis moddiy yordam bersalar mingdan ming bor minnatdor bo‘lardim”,— deydi onasi Mavluda opa.

Mavjudaning jajji yuragi shifo topishiga hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:(Click, Payme ) Onasi Davlatova Mavluda nomiga ochilgan.

Xalq banki: 8600 0609 3514 9758.

Pasport raqami: AB 9421829

Onasi Mavluda opaning telefon raqami: +998975165992



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют