» » Tennessida 6-sinf o‘quvchilari maktabda otishma uyushtirishni mo‘ljallab, qurbonlar ro‘yxatini tuzdi

Tennessida 6-sinf o‘quvchilari maktabda otishma uyushtirishni mo‘ljallab, qurbonlar ro‘yxatini tuzdi


AQShning Tennessi shtatida ikki nafar 6-sinf o‘quvchisi maktabda qotillik sodir etishni rejalashtirishda ayblandi va hibsga olindi, deb xabar berdi Forum Daily.

Kamberlend okrugidagi maktab va huquq-tartibot organlari vakillarining ma’lum qilishicha, ommaviy otishma sodir etmoqchi bo‘lgan ikki nafar o‘quvchi qurol olib kelib, uni o‘quv yilining oxirgi kunigacha kiyim almashtirish xonasiga yashirib qo‘yishni rejalashtirgan.

Maktab xodimlaridan biri “qurbonlar ro‘yxati” haqida mish-mishlar eshitganidan so‘ng tintiv ishlari boshlangan.

Surishtiruv davomida tergovchilar qo‘lda chizilgan xarita topgan. Bolalarning uyi tintuv qilinganda hech qanday qurol chiqmagan.

“Bizning eng muhim vazifamiz o‘quvchilar va maktab xodimlari xavfsizligini ta’minlash, — degan maktab direktori Janet Grem. — Tekshiruv ishlari davomida o‘quvchilarga ham, xodimlarga ham hech qanday bevosita xavf yo‘qligi aniqlangan”.

Yoshi tufayli shaxsi oshkor etilmagan o‘quvchilar 24-aprel kuni qo‘lga olingan va voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha sud eshituviga qadar okrug tergov izolyatorida saqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют