» » Namanganda yilning birinchi choragida 8 nafar shaxs oqlandi, 36 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi

Namanganda yilning birinchi choragida 8 nafar shaxs oqlandi, 36 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi


Namanganda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyalari tomonidan joriy yil birinchi choragida 677 nafar shaxsga nisbatan 530 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga JIB sud amaliyotini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i Akramjon Aripov ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yili tegishli ravishda 1096 kishi va 802 ta jinoyat ishini tashkil etgandi.

Sudlarning insonparvalik tamoyilini qo‘llashi natijasida birinchi chorak mobaynida 8 nafar shaxs oqlandi, 36 nafar kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Jinoyat sodir etgan 215 nafar shaxsga yengilroq jazo tayinlangan, 22 nafari shartli hukm qilingan. 458 nafar kishi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 4 nafarining jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan.

Shuningdek, 115 nafar shaxs taraflarning yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 25) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют