» » Yevropa Ligasi. “Arsenal” “Valensiya”ni qabul qiladi, “Chelsi” esa “Ayntraxt F” mehmoni bo‘ladi

Yevropa Ligasi. “Arsenal” “Valensiya”ni qabul qiladi, “Chelsi” esa “Ayntraxt F” mehmoni bo‘ladi


2-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1/2 finali doirasida dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts” stadionida Ispaniyaning “Valensiya” jamoasini qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “shporlar” chorak finalida “Napoli”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:0 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, “ko‘rshapalaklar” “Vilyarreal”ni yirik mag‘lubiyatga uchratgandi (umumiy hisob — 5:1).

Shu kuni Mauritsio Sarri boshliq Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” maydoniga safar qiladi. Ikkala o‘yin ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, “aristokratlar” musobaqaning 1/4 finalida Praganing “Slaviya” jamoasi ustidan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:3 hisobida g‘alaba qozongandi. “Ayntraxt Frankfurt” esa “Benfika”ni mehmonda urilgan gollar evaziga mag‘lub etgandi (2:0, 2:4, umumiy hisob — 4:4).

Yevropa Ligasi

1/2 final bahslari

2-may, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют