» » To‘lov terminallari uchun to‘lanadigan ijara haqi 50 foizga qisqartirildi

To‘lov terminallari uchun to‘lanadigan ijara haqi 50 foizga qisqartirildi


Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tariflar rejasiga ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 15-martidan kuchga kiradigan tarif rejasiga ko‘ra, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lov terminallari uchun to‘laydigan ijara haqi 50 foizga qisqartirilmoqda. Endilikda yuridik shaxslarga o‘zlari foydalanayotgan to‘lov terminallari uchun ijara haqi 5 yevrogacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 2,5 yevrogacha etib belgilandi.

Ilgari tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga hisoblanadigan foizlar Respublika Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bo‘lmagan miqdorda belgilangan edi. Yangi tartibga ko‘ra, plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘larni kapitallashtirish tijorat banklari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Qayd etish lozimki, tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Hozirgi paytda jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali qisqa muddatli iste’mol kreditlari berishni (overdraft) yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tartib ishlab chiqilmoqda. Bu kreditlarga foiz stavkalarini har bir tijorat banki o‘zining ichki kredit siyosatidan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilaydi.

Tijorat banklari savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirishga yo‘naltirilgan turli xil bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni tatbiq etish amaliyotini kengaytirish borasidagi ishlari izchil davom ettirib boriladi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют