» » Andijonda 5 yoshli qizchani zo‘rlab, keyin uni o‘ldirgan pedofil 19 yilga qamaldi

Andijonda 5 yoshli qizchani zo‘rlab, keyin uni o‘ldirgan pedofil 19 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida, yopiq sud majlisida joriy yilning 28-yanvar kuni Paxtaobod tumanida besh yoshli qizchani zo‘rlab, keyin xonadoniga ko‘mib, qotillikni yashirishga uringan 31 yoshli M.I.ga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Sud davomida ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi M.I. 2019-yilning 28-yanvar kuni soat 09:15 larda yashash uyining xonasida daraxt novdalaridan savat to‘qish bilan shug‘ullanayotganida 2013-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini so‘rab 2013-yilda tug‘ilgan S.K. ismli qiz kirib kelgan. M.I. qizchaning ojiz ahvolda ekanligini bilgan holda uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, uning nomusiga tegib, jinsiy extiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirishga harakat qilgan. Natijada jabrlanuvchining ayrim organlariga qon quyilgan. Qizcha onasini yordamga chaqirib baqirganida, erkak uni og‘iz qismini egnida bo‘lgan oq rangli sharf va qora rangli ro‘moli bilan berkitib, hushsiz holga keltirib, oq rangli sharf yordamida bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan. So‘ngra to‘kilgan qonni qizning ichki kiyimiga artib, xonadagi oq rangli sintetik matodan tayyorlangan qopga kiyimlari bilan birga solgan, keyin tashqaridan ketmonni olib kirib, xonaning yer qismini taxminan 50–60 sm chuqurlikda kovlab ko‘mib qo‘ygan.

Sud tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, S.K. hushini yo‘qotgan paytda uning hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lgan, lekin M.I. jinoyati oshkor bo‘lishidan qo‘rqib qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

— Bilaman hayvon qilmaydigan ishni sodir etdim, — deydi M.I. – Bunday bo‘lishini o‘zim ham istamagan edim. Shayton yo‘ldan urdi. Barchasini anglab yetganimda o‘tib bo‘lgan edi. Qilgan ishimdan pushaymonman.

Sud-psixiatriya ekspertizasi M.I. jinoyat sodir etgan vaqtda o‘z harakatlarini boshqara oladigan, ijtimoiy xavflilik darajasini his qiladigan, ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lgani va sud oldida javob bera olishi haqida xulosa bergan.

M.I.ning aybi bulardan tashqari hodisa sodir bo‘lgan joyni, narsalarni ko‘zdan kechirish va olish, guvohlarni so‘roq qilish bayonnomalari, ma’lumotnomalar, fotosuratlar, ashyoviy dalillar hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar yig‘indisi bilan o‘z isbotini topgan.

Sud hukmiga ko‘ra M.I. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, o” bandlari (Aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni; boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida qasddan odam o‘ldirish), 118-moddasi 4-qismi (O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning nomusiga tegish), 119-moddasi 4-qismi (O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan aybli deb topilib, mazkur hujjatning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni dastlabki 2 yil muddati turma tartibida, qolgan qismi esa umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют